Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech


“Namangan viloyatini 2016-2018 yillarda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish Dasturi”ga asosan 2016 yil davomida 535,9 mlrd.so‘m va 1,5 mln dollar miqdorida mablag‘larni o‘zlashtirish hisobiga 1555 ta loyihalarni (sanoat sohasida 377 ta, xizmat ko‘rsatish sohasida 718 ta, qishloq xo‘jaligi sohasida 460 ta) ishga tushirib, 15390 ta ish o‘rni yaratish ko‘zda tutilgan.

Joriy yilning 1 yanvar holatiga 1555 ta loyihalar amalga oshirildi. Ushbu maqsadlar uchun 518,8 mlrd so‘m (shundan, 244,9 mlrd so‘m bank kreditlari) va 2,2 mln dollar sarflandi. Natijada 15956 ta (103,7%) yangi ish o‘rinlari barpo etildi.

 I-yo‘nalish: Sanoat sohasida 2016 yilda 377 ta loyihalarni amalga oshirish va bu maqsadlar uchun jami 318,7 mlrd.so‘m va 1,5 mln dollar investitsiya mablag‘larini o‘zlashtirish hamda 8755 ta yangi ish o‘rinlari barpo etish belgilangan.

O‘tgan davda jami 304,8 mlrd so‘mlik investitsiyalar (shundan, 189,1 mlrd so‘m bank krediti) yo‘naltirilib, 377 ta korxonalar faoliyati yo‘lga qo‘yildi va 9160 ta yangi ish o‘rinlari yaratildi.

Shundan, 106 ta yengil sanoat, 98 ta qurilish materiallari sanoati va 91 ta oziq-ovqat sanoati korxonalarini tashkil etish va modernizatsiya qilishga alohida e’tibor berildi. Ushbu yo‘nalishlarni rivojlantirish natijasida 7279 ta yangi ish o‘rinlari yaratilishiga erishildi.        

Yangi tashkil etilgan korxonalarimizdan 250 tasi 2016 yilning o‘zida 314,7 mlrd so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqib, 13,0 mln dollarlik mahsulotlar eksportga yo‘naltirildi.

II-yo‘nalish: Xizmat ko‘rsatish va servis sohasida 2016 yil davomida 59,0 mlrd.so‘mlik investitsiyalar o‘zlashtirib, 718 ta savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish shoxobchalarini tashkil etish hisobiga 3747 ta yangi ish o‘rinlari yaratish belgilangan.

O‘tgan davr mobaynida 95,5 mlrd so‘m mablag‘lar sarflanib, 718 ta (shundan, qishloq joylarda 621 ta) savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish shoxobchasi  tashkil etildi va 3853 ta (qishloq joylarda 3279 ta ish o‘rni) yangi ish o‘rinlar yaratildi.

Tashkil etilgan shoxobchalardan, 347 tasi savdo va umumiy ovqatlanish, 190 tasi maishiy xizmatlar, 41 tasi sog‘liqni saqlash, 22 tasi qishloq xo‘jaligi texnikasini ta’mirlash va texnik xizmatni ko‘rsatish, 15 tasi transport, 10 tasi aloqa va axborotlashtirish, 6 tasi qurilish, 4 tasi turizm, 4 tasi moliya va 79 tasi boshqa turdagi xizmatlarga to‘g‘ri keldi.

Jumladan, viloyatda transport, aloqa va axborotlashtirish, turizm, savdo va umumiy ovqatlanish, moliya va bank xizmatlari sohalari yildan-yilga rivojlanib bormoqda. Jumladan, viloyatda 15 dan ziyod zamonaviy mehmonxona tashkil etildi. Pop tumanidagi “Chodak Palas” mehmonxonasining ish boshlashi bilan 15 dan ortiq yangi ish o‘rni yaratildi. Yoki Namangan shahrida aholiga davolash-diagnostika xizmati ko‘rsatishga ixtisoslashgan “Jahon savdo duri” korxonasining tashkil etilishi 10 kishini ish bilan ta’minlash imkonini berdi.

III-yo‘nalish: Qishloq ho‘jaligi sohasida 2016 yil yanvar-dekabr oylarida 460 ta loyihalar amalga oshirish, ushbu maqsadlar uchun 115,0 mlrd.so‘m (shundan 40,2 mlrd so‘mi bank krediti) mablag‘lar sarflanib, 2888 ta yangi ish o‘rinlari barpo etish belgilangan.

Joriy yilning 1 yanvar holatiga 118,6 mlrd so‘m mablag‘lar yo‘naltirish hisobiga 460 ta investitsiya loyihasi amalga oshirildi va qariyib 3,0 mingga yaqin yangi ish o‘rinlari tashkil etildi.

Jumladan, 136 ta qoramolchilik, 8 ta echkichilik, 55 ta asalarichilik, 52 ta baliqchilik, 37 ta parrandachilik, 78 ta bog‘dorchilik, 46 ta uzumchilikka ixtisoslashgan xo‘jaliklar, 34 ta issiqxonalar, 8 ta muzlatkichli omborlar tashkil etildi.

  1. Sanoat.

Viloyatda 2016 yilning yanvar-dekabr oylari yakuni bilan 3384 dan ziyod faoliyat ko‘rsatayotgan sanoat korxonalari tomonidan hisobot davrida 3411,2  mlrd.so‘mlik (114,8%) sanoat mahsulotlari, 2193,4 mlrd.so‘m (113,9%) xalq iste’moli mollari ishlab chiqarilib, prognoz (112,7% va 112,0%) parametrlari to‘liq ta’minlandi.

Viloyatda iqtisodiy barqarorlikni ta’minlash maqsadida eng avvalo yuqori salmoqqa ega yengil sanoat, oziq-ovqat, mashinasozlik va qolgan sanoat tarmoqlarini jadal rivojlantirish dasturlari bo‘yicha qator tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, hisobot davrida yengil sanoat tarmog‘ida o‘sish sur’ati 14,5 foiz, oziq-ovqat sanoatida 11,2 foizni tashkil etgan holda umumiy sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishdagi eng yuqori ulushi yengil sanoat (35,7%) va oziq-ovqat sanoati (28,4%) tarmoqlari hissasiga to‘g‘ri keldi.

Shu davrda aholi jon boshiga sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmlari  1298,1 ming so‘m va aholi jon boshiga xalq iste’moli mollari ishlab chiqarish  834,6 ming so‘mni tashkil etib, 2015 yilga nisbatan mos holatda 93,9 ming so‘m va 87,6 ming so‘mga ko‘p yoki 107,8 foiz va 111,7  foizga o‘sishiga erishildi.

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech