Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech


Yangiqo‘rg‘on tumanida yillik ishlab chiqarish quvvati 1,5 million tonna bo‘lgan yangi yirik sement zavodiga tamal toshi qo‘yildi.

Fuqarolarning qonuniy manfaatlarini himoyalash, ularni qiynayotgan muammolarni  bartaraf etish hamda aholi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotni kengaytirish maqsadida tumanlarda tashkil etilayotgan sayyor qabullarning navbatdagisi joriy yil 20 iyul kuni Uchqo‘rg‘on tumanida o‘tkazildi

Namangan viloyati hokimligida viloyat hokimining o‘rinbosari Paxridin Matkarimov Janubiy Ural davlat universitetining o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori Andrey Rodionov hamda ushbu universitetning xalqaro faoliyat bo‘yicha prorektori Olga YAroshenko bilan uchrashdi.

Viloyat davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i, 4-sektor rahbari Adhamjon Tillavoldiev joriy yil 17 iyul kuni Uychi tumanida sayyor qabul o‘tkazdi.

Namangan tuman hokimligida Davlat soliq qo‘mitasining targ‘ibot guruhi ishtirokida Prezidentimizning 2019 yil 27 iyundagi “Soliq va bojxona imtiyozlari berilishini yanada tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan o‘quv-seminari o‘tkazildi.

Nanay — Namangan viloyatining shimoliy qismida joylashgan bahavo qishloq. Togʻlar etagidagi bu maskan oʻzining ajoyib tabiati, betakror manzaralari bilan sayyohlarni oʻziga tortib kelgan. Shundan kelib chiqib, bu yerda zamonaviy turistik majmua barpo etish boʻyicha amaliy ishlar boshlab yuborildi. Namangan viloyati hokimligida mazkur sayyohlik zonasi loyihasini tayyorlashga jalb etilgan Turkiyaning “Idealist” meʼmorchilik va muhandislik kompaniyasi tomonidan taqdimot oʻtkazildi.

Joriy yilning 12 iyul kuni Namangan viloyat adliya boshqarmasi katta majlislar zalida “YUKSALISH” umummilliy harakati, Fuqarolik jamiyatini rivojlantirish bo‘yicha “ARGO” tashkiloti bilan hamkorlikda “Innovatsiyalar bo‘yicha hamkorlik” mavzusida seminar trening tashkil etildi.

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech