Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech


8 yanvar - Oʻzbekiston Respublikasi prokuratura organlari xodimlari kuni arafasida Majburiy ijro byurosi Kosonsoy tuman boʻlimi binosi foydalanishga topshirildi.

Ana shu munosabat bilan tashkil etilgan tadbirda mamlakatimizda energiya resurslari va tabiiy gaz yetkazib berish hamda isteʼmol qilish sohasida toʻlov intizomini mustahkamlash, shuningdek ijro ishi yuritish yoʻnalishida keng koʻlamli islohotlar amalga oshirilayotgani taʼkidlandi. Jumladan, deyildi tadbir davomida Bosh prokuratura huzurida Majburiy ijro byurosi tashkil etilgani, oʻtgan qisqa vaqt ichida jamiyatimizda ijro intizomini mustahkamlanib, toʻlov madaniyati oshgani qayd etildi.

Aynan Byuro organlari xodimlari uchun qulay mehnat sharoiti yaratish maqsadida bosqichma-bosqich kompleks chora-tadbirlar koʻrib kelinmoqda. Buning birgina samarasini prokuratura xodimlarining kasb bayrami arafasida Majburiy ijro byurosi Kosonsoy tuman boʻlimining zamonaviy binosi foydalanishga topshirilgani ham yaqqol dalildir.

Zamonaviy arxitektura yechimlari asosida salkam 1,6 mlrd soʻm mablagʻ evaziga barpo etilgan binoda bank shoxobchasidan tortib fuqarolarni qabul qilish xonasigacha mavjud. Har bir xizmat xonalari, ayniqsa, xodimlarning muntazam ravishda kasb mahoratlarini oshirish maqsadida barpo etilgan oʻquv mashgʻulot xonasi kerakli jihozlar bilan taʼminlangan.

Albatta, sohaning moddiy-texnik bazasi mustahkamlanayotgani byuro organlari faoliyati samaradorligini yanada oshirishga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.

S.Rapiqov, MIB Namangan viloyat boshqarmasi katta inspektori

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech