Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech


Namangan muhandislik-qurilish institutida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2019 yilda mamlakatimizni rivojlantirishning eng muhim ustuvor vazifalari to‘g‘risida”gi Parlamentga Murojaatnomasining mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi. Seminar Murojaatnomadan kelib chiqadigan kelgusidagi vazifalarni belgilab olish hamda “Oliy ta’limni rivojlantirishning zamonaviy tendensiyalari: xalqaro tajribalar va O‘zbekiston amaliyoti” mavzusidagi elektron taqdimot mazmuni bilan institut jamoasini tanishtirish maqsadida tashkil etildi.

 

 

Yoshlarimizga bir vaqtning o‘zida bir nechta oliy o‘quv yurtiga hujjat topshirish imkoniyatini berilgani, ularning ta’lim olish huquqlarini kuchaytirish-ertangi kunimizga bo‘lgan ishonchni oshirishga xizmat qiladi. Prezidentimiz aytganlaridek: “Jamiyatimizda oliy ma’lumotga ega, yuksak malakali mutaxassislar qancha ko‘p bo‘lsa, rivojlanish shuncha tez va samarali bo‘ladi. Oliy ta’lim muassasalarida ilmiy salohiyatni yanada oshirish, ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash ko‘lamini kengaytirish – eng muhim masalalardan biridir”.

 

Namangan muhandislik-qurilish instituti matbuot xizmati

 

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech