Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech


Uychi tumanidagi Gulbogʻ mahalla fuqarolar yigʻinida 678 ta xonadon mavjud. Qariyib 3900 nafar aholi istiqomat qilayotgan mahallada toʻplanib qolgan qattiq maishiy chiqindilar “Toza xudud” davlat unitar korxonasining tuman filialining maxsus texnikalari yordamida olib chiqilmoqda. Aynan 1 yanvardan boshlab Prezidentimizning “Qattiq maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqish uchun toʻlovlarni toʻlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmoniga koʻra isteʼmolchilar koʻrsatilgan xizmatlar uchun toʻlovlarni yagona tranzit bank hisobvaraqlariga toʻlamoqda.

Darhaqiqat, Farmon ijrosini taʼminlash borasida Majburiy ijro byurosi tuman boʻlimi hamda “Toza xudud” davlat unitar korxonasi hamkorligida tegishli chora-tadbirlar koʻrildi. Maʼlumotlarga koʻra, tumandagi 24 ta mahalla fuqarolar yigʻinlari yashovchi 15699 ta xonadon bilan shartnomalar tuzildi. 1 yanvardan “signal” sistemasi asosida 9 ta maxsus texnik yordamida haftada ikki marotaba toʻplanib qolgan maishiy chiqindilar olib chiqib ketilmoqda. Albatta, aholi oʻrtasida Farmon mazmun-mohiyatini keng targʻib etishga ham alohida eʼtibor qaratilmoqda. Oʻtkazilayotgan tadbirlarda qattiq maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqish xizmatlari uchun majburiy toʻlovlar aholi tomonidan toʻlov amalga oshirilgan oʻtgan oydan keyingi oyning 10 sanasidan kechikmay toʻlanishi haqida keng tushunchalar berilmoqda.

Namangan shahar va tumanlarda Farmon ijrosini taʼminlash hamdatargʻibot tadbirlari davom etmoqda.

MIB Namangan viloyat boshqarmasi

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech