Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech


Janubiy Koreya Respublikasining  “Dongil Construction” kompaniyasi prezidenti Ko Dje Il boshchiligidagi qurilish-loyihalashtirish mutaxassislaridan iborat delegatsiya Namanganga tashrif buyurdi. Delegatsiya a’zolarini viloyat hokimi Xayrullo Bozarov qabul qildi.

 

Darhaqiqat, Janubiy Koreya O‘zbekistonga eng ko‘p investitsiya kiritayotgan davlatlardan biri. Namangan viloyatida ham ikki mamlakat hamkorligidagi qator qo‘shma korxonalar faoliyat ko‘rsatmoqda. Uchrashuvda koreyalik mehmonlar ham o‘z kompaniyalari, faoliyat yo‘nalishlari to‘g‘risida ma’lumot berdilar.

Suhbat davomida shaharsozlik, jumladan, zamonaviy yangi uy-joylar, katta hajmdagi murakkab muhandislik inshootlarini qurish loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama etildi.

Shundan so‘ng mehmonlar Namangan shahridagi “Afsonalar vodiysi” madaniyat va istirohat bog‘i, “Yuksalish” mahallasidagi ko‘p qavatli uy-joylar qurilishi jarayonlari hamda “Namangan sity” loyihasi bilan tanishtirildi.

 

Matbuot xizmati

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech