Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech


Bu yil ulug‘ shoir va mutafakkir Alisher Navoiy tavalludining 578 yilligi nishonlanmoqda. Shu munosabat bilan Namangan viloyat musiqali drama teatrida “Adabiyotimizning buyuk siymosi” nomli adabiyot anjumani bo‘lib o‘tdi.

 

 

Alisher Navoiy adabiyot, ma’naviyat va ma’rifat, tilshunoslik ravnaqiga ulkan hissa qo‘shgan serqirra ijodkordir. El-yurtga naf keltirishni oliy saodat deb bilgan ijodkorning komil inson, xalqparvarlik, millatlararo do‘stlik, tinchlik va osoyishtalik tarannum etilgan asarlari dunyoning ko‘plab tillariga tarjima qilingan. Bugungi murakkab globallashuv zamonida yoshlarni milliy an’ana va qadriyatlarimizga hurmat, Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalashda Navoiy merosi g‘oyat dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.


Anjumanda Navoiy g‘azallaridan namunalar o‘qildi. Shoir g‘azallari bilan kuylanuvchi ashulalar ijro etildi. Alisher Navoiy asarlari asosida tayyorlangan sahna ko‘rinishlari namoyish etildi.

 

Tadbirda viloyat hokimining o‘rinbosari Paxriddin Matkarimov so‘zga chiqdi.

Bunday ma’rifiy tadbirlar, ijodiy muloqotlar, anjumanlar viloyatimizning shahar va tumanlarida bo‘lib o‘tmoqda.

 

Hokimlik matbuot xizmati

 

 

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech