Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech


Namangan viloyati hokimi Xayrullo Bozarov Eron Islom Respublikasining “Chupon agro industrial” kompaniyasi rahbari Shafi G‘ulom Rezoni qabul qildi.

 

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 6 noyabrdagi “Baliqchilik sohasini yanada rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori mavjud suv resurslaridan oqilona va samarali foydalanish, tarmoqqa innovatsion g‘oyalar, zamonaviy ishlab chiqarishni, chet el investitsiyalarini jalb qilish imkonini yaratdi. Shuning bilan birga aholining parhez mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyojini qondirish, narx-navo barqarorligini ta’minlash va yangi ish o‘rinlari yaratilishida muhim ahamiyat kasb etmoqda. Mazkur hujjatda baliqchilik xo‘jaliklari faoliyati samaradorligini oshirish maqsadida 2019-2021 yillarda baliqchilik klasterlarini tashkil etishning manzilli dasturini ishlab chiqish belgilangan.


Baliq va baliq mahsulotlari tarkibida inson organizmi uchun zarur bo‘lgan oqsil moddasi mavjud. Mutaxassislarning fikricha, har bir kishi 1 yilda kamida12 kilogramm baliq iste’mol qilishi kerak.

 

Samimiy suhbat davomida baliqchilik sohasida birgalikda amalga oshiriladigan qo‘shma loyihalar va ularning samaralari, ushbu yo‘nalishdagi hamkorlik istiqbollari haqida so‘z yuritildi. Jumladan, viloyatdagi tabiiy va sun’iy suv havzalarining meliorativ holatini o‘rganish, baliqlarni ekologik sharoitlarga moslashtirish, farel baliqlari va chavoqlarini yetishtirish, qayta ishlash va saqlash, aholiga baliqdan tayyorlangan parhez taomlarni tortiq etish  maqsadida mini restoranlarni tashkil etish yuzasidan fikr almashildi.

 

Uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasining Eron Islom Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Bahodir Abdullayev ishtirok etdi.

 

Hokimlik Matbuot xizmati

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech