Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech


Davlat bojxona qo‘mitasi yengil va yuk avtotransport vositalari hamda avtobuslarda respublikamizdan chiqib ketayotgan tashuvchilar va jismoniy shasxlar uchun yana bir qulaylikni taqdim etdi.

 

Endilikda chegara-bojxona postlarida chiqish yo‘nalishida navbatda turgan yengil va yuk avtotransport vositalari va avtobuslar soni to‘g‘risidagi ma’lumotlarni Davlat bojxona qo‘mitasi veb-saytidagi onlayn tablodan bilish imkoniyati joriy qilindi.

Buning uchun Davlat bojxona qo‘mitasi rasmiy veb-saytining (www.bojxona.uz  yoki www.customs.uz) “Jismoniy shaxslar uchun” bo‘limidagi “Chegara bojxona postlarida navbatda turgan avtotransport vositalari soni to‘g‘risidagi ma’lumot” sahifasiga kirsangiz kifoya.

Mazkur tablo Davlat bojxona qo‘mitasining “Avto” yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimiga integratsiyalashtirilgan bo‘lib, undagi ma’lumotlar har 6 soatda avtomatik ravishda yangilanadi. Bundan tashqari, mazkur tablo orqali chegara bojxona postlarida bir sutka davomida respublikamizga kirgan yoki chiqqan avtotransport vositalari soni to‘g‘risidagi ma’lumotlarni ham ko‘rish mumkin.

Bu yangilik eng avvalo chegara bojxona postlarida yengil va yuk avtotransport vositalari tirbandliklarning oldini olish bilan bir qatorda tashuvchilarga navbatda turgan avtotransport vositalari sonidan kelib chiqib, harakatlanish yo‘nalishlarini o‘zgartirishlarida ham yordam beradi.

Imkoniyatdan unumli foydalaning!

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech