Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech


Rossiya Federatsiyasining “Delovaya Rossiya” jamoat tashkilotining O‘zbekistondagi biznes elchisi Mixail Panchenkov boshchiligidagi delegatsiya Namanganda bo‘ldi. Delegatsiya a’zolarini viloyat hokimi Xayrullo Bozarov qabul qildi.

Suhbat davomida yengil sanoat, qurilish materiallari, ilmiy-texnikaviy va innovatsion yo‘nalishlarda hamkorlikni yo‘lga qo‘yish  yuzasidan fikr almashinib, bir necha istiqbolli loyihalarni amalga oshirish masalalari ko‘rib chiqildi.

 

Uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi mas’ul xodimi Bekzod Yusupov, mamlakatimizning Rossiya Federatsiyasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Botirjon Asadov ishtirok etdi.

 

Hokimlik Matbuot xizmati

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech