Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech


Namangan viloyati hokimi Xayrullo Bozarov Rossiya Federatsiyasining Smolensk trikotaj fabrikasi bosh direktori Nina Nikonovani qabul qildi.

Suhbat davomida yengil sanoat, xususan Namanganda ham Rossiya texnologiyasi asosida trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarish borasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalasi muhokama etildi. Ushbu loyihaga 1,6 mln dollar miqdorida xorijiy investitsiya yo‘naltiriladi va buning natijasida 300 dan ortiq yangi ish o‘rni yaratiladi.

 

Uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi mas’ul xodimi Bekzod Yusupov, mamlakatimizning Rossiya Federatsiyasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Botirjon Asadov ishtirok etdi.

 

Hokimlik Matbuot xizmati

 

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech