Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech
Chop etish

8-mart Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan Majburiy ijro byurosi Namangan viloyati boshqarmasida tadbir tashkil etildi. Unga sohada faoliyat yuritayotgan xotin-qizlar taklif etildi.

Tadbirda taʼkidlandiki, istiqlolning ilk kunlaridan boshlab mamlakatimizda ham xotin-qizlarni eʼzozlash, ularga hurmat-ehtirom koʻrsatish siyosatimizning ustuvor yoʻnalishlaridan biridir. Ayniqsa, turli sohalarda mehnat qilayotagn aziz ayollarimizning oʻrningiz alohida ekanligi, yurtimiz taraqqiyotiga qoʻshayotgan hissalari alohida eʼtirof etildi. Birgina, bugungi kunda Byuro organlarida ham fidoyi xotin-qizlar mehnat qilayotgani, ularning oʻrni tobora ortib borayotganini taʼkidlandi.

-Majburiy ijro byurosi Toʻraqoʻrgʻon tuman boʻlimida davlat inspektori lavozimida faoliyati olib boraman, deydi Dilnoza Abdullayeva. Men xizmat olib borayotgan Qoʻrgʻoncha mahalla fuqarolar yigʻinida toʻlov intizomini mustahkamlash, isteʼmol madaniyatini yanada shakllantirish, debitor qarzdorlikni bartaraf etish borasida olib borayotgan tadbirlarimiz natijasida xududda ijobiy natijalarga erishyapmiz. Aynan boshqarma tomonidan tashkil etilgan bayram tadbiri, sohada faoliyat olib borayotgan xotin-qizlarga koʻrsatilgan ehtirom yanada yangi marralar sari undaydi, albatta.

Tadbirda xotin-qizlarga boshqarmaning esdalik sovgʻalari topshirildi.

MIB Namangan viloyat boshqarmasi

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech