Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech


Ijro tartibini yanada soddalashtirish, sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini soʻzsiz va oʻz vaqtida ijro etilishi, jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlarining samarali himoya qilish va ortiqcha ovoragarchiliklarni oldini olishga qaratilgan “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi.

Eng avvalo ushbu qarorni qabul qilinishi ijro jarayonidagi chalkashliklarga barham berish, uni soddalashtirish va eng muhimi bunda jismoniy hamda yuridik shaxslarning manfaatlarini taʼminlashga qaratilgan.
Xususan qarorga koʻra 2019 yil 1 apreldan boshlab sud va boshqa organlari aktlarini majburiy ijro qilish jarayoniga mediatsiya instituti joriy qilinadi.

Shuningdek, qarorda ijro jarayoni bilan bogʻliq muddatlar ham aniq koʻrsatilmoqda. Masalan, 2019 yil 1 iyundan boshlab ijro ishini qoʻzgʻatish masalasi bir ish kuni davomida koʻrib chiqilishi, ijro harakatlariga toʻsqinlik qiluvchi holatlar mavjud boʻlganda ijro qarzdorning arizasi yoki davlat ijrochisining tashabbusiga koʻra faqat ikki marotaba kechiktirish mumkinligi, yoki ijro ishidagi tushunmovchiliklarni aniqlash uchun davlat ijrochisi tomonidan tayinlangan mutaxassis qarori bilan tanishgandan soʻng uzogʻi bilan 15 ish kuni davomida yozma xulosa berish shartligi belgilab qoʻyilyapti.

MIB Namangan viloyat boshqarmasi

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech