Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech


Majburiy ijro byurosi Namangan viloyat boshqarmasi, shahar va tumanlar boʻlimlari tomonidan Prezidentimiz tashabbusi bilan boshlangan xayrli aksiyada faol ishtirok etmoqdalar. Yaʼni, oʻzlari tahsil olgan taʼlim muassasalariga borib, eng avvalo oʻquvchilar bilan uchrashuv tashkil etib, ular bilan suhbat qurishmoqda. Shaxsiy kutubxonasidagi badiiy adabiyotlar toʻplamidan sovgʻa qilishmoqda.

Jumladan, kuni kecha Byuroning Mingbuloq tuman boʻlimi boshligʻi Sh.Rahimov tahsil olgan Uchqoʻrgʻon tumanidagi 8-umumtaʼlim maktabiga 25 turdagi qiziqarli, yoshlar maʼnaviyatini yanada yuksaltirishga qaratilgan badiiy adabiyotlarni oʻquvchilarga tortiq qildi.

-Maktabimizga tahsil olib, bugungi kunda turli sohalarda faoliyat koʻrsatayotgan oʻquvchilarimiz tomonidan badiiy adabiyotlar sovgʻa qilinishi biz maktab jamoasi, oʻquvchilarimizni xursand qilmoqda, deydi maktab direktori A.Adashev. Bu albatta, muassasasimizda kitobxonlikni yanada rivojlanishiga, tahsil olayotgan oʻquvchilarimizning tarbiyasi, maʼanaviy yuksalishida oʻzining hissasini qoʻshadi.

Shuningdek boshqarma xodimlari J.Rizayev, N.Xolmirzayev, Sh. Mirzayev, N.Tojiboyevlarning oʻzlari tahsil olgan qadrdon maktabi kutubxonasiga sovgʻa qilgan badiiy adabiyotlari pedagogik jamoani, oʻquvchilarni xursand qildi.

Bundan asosiy maqsad, yoshlarimizni maʼnaviyatini yanada shakllantirish, kitobxonlikni keng targʻib etishga qaratilgan.

Majburiy ijro byurosi viloyat boshqarmasi, shahar va tumanlar boʻlimlari tomonidan bunday ezgu tashabbus tadbirlari davom etmoqda.

MIB Namangan viloyat boshqarmasi

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech