Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech


Namangan viloyatidagi barcha tumanlar fermer, dexqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashlari xizmat avtomashinalari bilan ta’minlandi. Buning uchun viloyat mahalliy byudjetining 2018 yil III-choragida daromadlar rejasini oshirib bajarilgan qismi hisobidan 690 mln 943 ming so‘m sarflanib, 11 dona “Damas” avtomashinasi xarid qilindi.

 

Tumanlar fermer, dexqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashlari rahbarlariga xizmat avtomashinalari kalitlarini viloyat hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Toxirjon Rapiqov tantanali topshirdi.

 

Axborot xizmati

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech