Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech


Aholi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotni kengaytirish, mavjud dolzarb muammolarni aniqlash, ularni bevosita joyida bartaraf etish yuzasidan aniq va tezkor choralar ko‘rish maqsadida Chust tumanidagi “Bibi ona” ziyoratgohida tashkillangan sayyor qabulda sektor rahbarlari, viloyat va tuman hokimliklari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining viloyatdagi xalq qabulxonasi va boshqa tegishli tashkilotlar mutasaddilari ishtirok etdilar.

 

Yuzma-yuz muloqot asosidagi qabul davomida viloyat hokimi Xayrullo Bozarov fuqarolar murojaatlarini birma-bir tinglab, ular qo‘ygan masalalarning tegishliligi bo‘yicha mutasaddilarga aniq topshiriqlar berdi.

Qayd etilgan 141 ta  murojaatning (uy-joy, moddiy yordam, kommunal xizmat, bank, huquqni muhofaza qilish idoralari, sog‘liqni saqlash, bandlik, tadbirkorlik, fermer xo‘jaligi va boshqa masalalarga oid) 65 tasi joyida ijobiy hal etildi. 10 ta murojaat bo‘yicha huquqiy tushuntirish berildi. Qolgan 66 tasi qonunchilikda belgilangan muddatlarda o‘rganib, chora ko‘rish uchun tegishli tashkilot va idoralarga yuborilib, ijrosi nazoratga olindi. Jumladan, viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi tomonidan 2 nafar ehtiyojmand fuqaroga imtiyozli davolanish uchun order berildi.

Bundan tashqari, davlat xizmatlari markazi tomonidan sudlar bilan bog‘liq, shuningdek, fermer xo‘jaligini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, fuqarolarga STIR berish kabi 30 ta sayyor xizmat ko‘rsatildi.

 

Axborot xizmati

 

 

 

 

 

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech