Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech
Chop etish
  1. Davlat xizmatlari agentligi Namangan viloyat boshqarmasining arxivariusi.
  1. Davlat xizmatlari agentligi Namangan viloyat boshqarmasi Uchqo‘rg‘on tuman davlat xizmatlari markazi direktori.

 

  1. Namangan shahar davlat xizmatlari markazining Davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirish xizmatlarini ko‘rsatish bo‘limi bosh mutaxassisi.
  1. Namangan shahar davlat xizmatlari markazining Telefon xizmati ko‘rsatish sho‘‘basi aloqa operatori (0,5 stavka).
  1. Namangan tuman davlat xizmatlari markazining Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sho‘‘basi bosh mutaxassisi.
  1. Mingbuloq tuman davlat xizmatlari markazining Davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirish xizmatlarini ko‘rsatish bo‘limi bosh mutaxassisi.
  1. Mingbuloq tuman davlat xizmatlari markazining Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sho‘‘basi bosh mutaxassisi.
  1. Pop tuman davlat xizmatlari markazining Telefon xizmati ko‘rsatish sho‘‘basi aloqa operatori.
  1. Chortoq tuman davlat xizmatlari markazining Hujjatlarni qabul qilish va taqdim etish bo‘limi boshlig‘i.
  1. Yangiqo‘rg‘on tuman davlat xizmatlari markazining Hujjatlarni qabul qilish va taqdim etish bo‘limi bosh mutaxassisi (0,5 stavka).
  1. Yangiqo‘rg‘on tuman davlat xizmatlari markazining Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sho‘‘basi bosh mutaxassisi.                                                                                          

Davlat xizmatlari agentligi Namangan viloyat boshqarmasining arxivariusi lavozimlariga qo‘yiladigan talablar:

Oliy yuridik yoki o‘rta-maxsus yuridik sohasiga oid hamda axborot-texnologiyalari sohasiga oid bilim va ko‘nikmalarni o‘zlashtirganligi, o‘zining kasbiy, ishchanlik, shaxsiy va ahloqiy fazilatlari, ma’lumoti darajasi hamda sog‘lig‘iga ko‘ra adliya organlari va muassasalariga yuklatilgan vazifalarni bajarishga qodir bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari.

Tuman (shahar) Davlat xizmatlari markazining direktori lavozimiga qo‘yiladigan talablar:

Oliy yuridik ma’lumotga ega bo‘lgan, yuridik mutaxassislik bo‘yicha davlat boshqaruv organlarida, mahalliy davlat hokimiyati organlarida hamda boshqa vakolatli davlat idoralarida 2 yildan kam bo‘lmagan ish stajiga ega bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari.

Tuman (shahar) Davlat xizmatlari markazining bo‘limi boshlig‘i lavozimiga qo‘yiladigan talablar:

Oliy yuridik yoki moliya-iqtisod ma’lumotga ega bo‘lgan sohasiga oid bilim va ko‘nikmalarni o‘zlashtirganligi, o‘zining kasbiy, ishchanlik, shaxsiy va ahloqiy fazilatlari, ma’lumoti darajasi hamda sog‘lig‘iga ko‘ra adliya organlari va muassasalariga yuklatilgan vazifalarni bajarishga qodir bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari.

Tuman (shahar) Davlat xizmatlari markazining mutaxassisi lavozimiga qo‘yiladigan talablar:

Oliy yuridik, moliya-iqtisod yoki axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga ixtisoslangan ma’lumotga ega bo‘lgan, sohasiga oid bilim va ko‘nikmalarni o‘zlashtirganligi, o‘zining kasbiy, ishchanlik, shaxsiy va ahloqiy fazilatlari, ma’lumoti darajasi hamda sog‘lig‘iga ko‘ra adliya organlari va muassasalariga yuklatilgan vazifalarni bajarishga qodir bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari.

Tuman (shahar) davlat xizmatlari markazining Telefon xizmati ko‘rsatish sho‘‘basi aloqa operatori lavozimiga qo‘yiladigan talablar:

Oliy, o‘rta-maxsus yuridik yoki axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga ixtisoslangan ma’lumotiga ega bo‘lgan axborot-texnologiyalari sohasiga oid bilim va ko‘nikmalarni o‘zlashtirganligi, o‘zining kasbiy, ishchanlik, shaxsiy va ahloqiy fazilatlari, ma’lumoti darajasi hamda sog‘lig‘iga ko‘ra adliya organlari va muassasalariga yuklatilgan vazifalarni bajarishga qodir bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari.

__________________________________

 

Tanlovda ishtirok etish istagini bildirgan nomzodlar dastlab qo‘yidagi hujjatlar topshiradi

  1. Xodimning shaxsiy varaqasi (so‘rovnoma, anketa yoki ma’lumotnoma-ob’ektivka);
  1. Faoliyat ko‘rsatayotgan (oxirgi) ish joyidan (o‘qish joyidan) ma’lumotnoma (agar

egallab turgan lavozimidan ozod qilingan bo‘lsa tegishli buyruq nusxasi) va tavsifnoma;

  1. Diplom (diplomdan ko‘chirma)ning nusxasi, chet elda o‘qigan bo‘lsa, diplomi nostrifikatsiyadan o‘tganligini tasdiqlovchi guvohnoma, oliy yoki o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lim muassasalarining bitiruvchi kurslarida ta’lim olayotganlar bundan mustasno;
  1. Nomzodning pasport nusxasi.

Tanlovda ishtirok etish istagini bildirgan nomzodlar tegishli hujjatlarni 2019 yil 12 iyul kuniga qadar Davlat xizmatlari agentligi Namangan viloyat boshqarmasining kadrlar bo‘limiga topshirishlari lozim.

 

Telefon: 69 228-78-56

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech