Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech
Chop etish

Namangan viloyat hokimining 2019 yil 3 iyuldagi qarori bilan, Inamov Fazliddin Abduolimovich viloyat Iqtisodiyot va sanoat bosh boshqarmasining boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

 

Fazliddin Inamov 1981 yilda Namangan shahrida tug‘ilgan. 1998-2004 yillarda Namangan muhandislik-pedagogika institutida tahsil olgan. Menejment mutaxassisligi bo‘yicha magistr darajasiga ega.

 

Mehnat faoliyatini viloyat Iqtisodiyot bosh boshqarmasida mutaxassis sifatida boshlagan va turli lavozimlarda faoliyat olib borgan. 2011-2015 yillarda viloyat Iqtisodiyot bosh boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari vazifasida ishlagan.

 

U 2015-2017 yillarda Namangan viloyati hokimligining iqtisodiyot va ijtimoiy rivojlantirish masalalari kotibiyatida etakchi mutaxassis hamda bosh mutaxassis bo‘lgan.

 

F.Inamov 2017 yildan buyon viloyat hokimligining tadbirkorlik va ishbilarmonlik muhitini rivojlantirish, eksportga ko‘maklashish va qo‘llab quvvatlash guruhi rahbari lavozimida faoliyat ko‘rsatib kelayotgandi.

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech