Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech
Chop etish

Namangan tumani markazi – Toshbuloq shaharchasida amalga oshirilgan qurilish, ta’mirlash va obodonlashtirish ishlari natijasida yangi insho etilgan hamda qaytadan qurilgan 209 zamonaviy ijtimoiy ob’ekt bir kunda foydalanishga topshirildi.

 

 

“Obod markaz” ob’ektlarining ochilish tantanalarida Prezident  maslahatchisi Tursunxon Xudoyberganov, shahar, tumanlar hokimlari hamda sektor rahbarlari, mutasaddi tashkilotlar vakillari, mahalliy va respublika OAV xodimlari, mahalliy aholi ishtirok etdilar.

 

Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoevning 2019 yil 29 fevral – 1 mart kunlari Namangan viloyatiga tashriflari davomida berilgan topshiriqlar asosida Namangan viloyatida “Obod markaz” dasturi ishlab chiqilgandi. Bu dastur asosida 2019 yil may-iyun oylarida Toshbuloqda olib borilgan keng ko‘lamli ishlar natijasida tuman markazi obod va ko‘rkam, aholi uchun barcha shart-sharoit va imkoniyatlar yaratilgan hududga aylandi.

 

Tuman markazini zamonaviy shaharga aylantirish bo‘yicha tuzilgan rejaga asosan, 209 ta ijtimoiy ob’ektlarda jami qiymati 102,0 milliard so‘m bo‘lgan qurilish va ta’mirlash ishlari olib borilishi ko‘zda tutilgandi. Bunda “Obod markaz” dasturi doirasida 36,4 milliard so‘m ajratilgan bo‘lsa, qolgan qismi viloyat va tuman byudjet mablag‘lari, mahalliy korxonalar mablag‘lari, bank kreditlari hamda tadbirkorlarning o‘z mablag‘lari hisobidan moliyalashtirilishi ko‘zda tutilgandi. Amalda bu ko‘rsatkich 112,0 milliard so‘mga, yoki rejaga nisbatan 109 foizga bajarildi.

 

Tuman markazidagi Madaniyat saroyi kapital ta’mirlanib, zamonaviy majlislar zali barpo etildi, Xotira maydoni insho etildi hamda “Motamsaro ona” haykali o‘rnatildi. Davlat xizmatlari markazi binosi, “Baxt uyi”, Xalq qabulxonasi, Tuman DSI, tuman DSENM, tuman Favqulodda vaziyatlar bo‘limi, Tuman bandlik bo‘limi, Markaziy dorixona, Tuman IIB bo‘limi, Markaziy kutubxona binosi, Tibbiyot birlashmasining terapiya bo‘limi va tuman Mudofa ishlari bo‘limlarida katta qurilish-ta’mirlash ishlari amalga oshirilib, yakuniga etkazildi.

 

Toshbuloq markaziy ko‘chalari kengaytirilib, asfaltlandi, yo‘l chetidagi beton ariqlar yangilanib, piyodalar yo‘lakchalari qurildi. Har ikki yonga tungi yoritgichlar o‘rnatildi, yashil maysazorlar tashkil qilinib, daraxt ko‘chatlari va gullar ekildi.

 Tuman markazida bank kredit mablag‘lari hisobidan 2 ta 2-3 xonali namunaviy ko‘p qavatli uylar qurilib, xonadonlardan 36 tasi kam ta’minlangan va nogironligi bo‘lgan fuqarolarga berildi.

 Aholi uchun qulaylik yaratish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish maqsadida 5 ta bolalar maydonchalari barpo etildi, tuman markazidagi futbol maydoni ta’mirlandi.

Hududda uzoq yillardan beri og‘riqli masala bo‘lib kelayotgan kanalizatsiya, ichimlik suvi, elektr energiyasi, tabiiy gaz tarmoqlarini ta’mirlash hamda yangilarini barpo etish masalasiga jiddiy yondashildi. Iste’molchilarning elektr energiya ta’minotini tubdan yaxshilash uchun yangi temir beton tayanchlar o‘rnatilib, qo‘shimcha elektr uzatish tarmog‘i qurildi, yangi transformator punktlari o‘rnatildi.

 

Namangan tumani markazining suv ta’minotini yaxshilash, aholiga toza ichimlik suvi etkazib berishni tashkil etish bo‘yicha Janish suv olish inshootidan olib kelinayotgan suv tarmog‘i uchun 9,6 milliard so‘m mablag‘ ajratilib, tarmoq tortish ishlari yakuniga etmoqda. Tuman markazida ko‘p kilometrlik ichimlik suv quvurlari tortildi, kanalizatsiya tizimi tozalanib, qayta ishga tushirildi.

 

Dastur ijrosi doirasida Toshbuloqda 105 ta zamonaviy savdo va xizmat ko‘rsatish majmualari va ishlab chiqarish ob’ektlari ham barpo etildi

 

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech