Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech


Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Uychi tumanida qishloq xo‘jaligi sohasida amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan loyihalar bilan tanishdi.

Janubiy Koreyaning “Yeongin” kompaniyasi vakillari viloyat hokimiga tuman hududidagi dala maydonlarida ikkinchi ekin sifatida Eron qizil moshi ekish klasterini tashkil etish va etishtirilgan mahsulotni qayta ishlab xorijga eksport qilish loyihasini taqdim etishdi.

1 million AQSH dollari miqdorida to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investiyalar hisobiga amalga oshirilishi rejalashtirilgan loyiha doirasida 5 ming gektar maydonda yillik 15 ming tonna qizil mosh etishtirish hamda uni qayta ishlab 100 foiz Koreya, Xitoy va Yaponiyaga eksport qilinishi ko‘zda tutilgan.

Viloyat hokimi Uychi tumanida ikkinchi ekin uchun bo‘sh yer maydonlari xorijiy investor tomonidan so‘ralgan hajmda emasligini hisobga olgan holda, loyihani amalga oshirish uchun Chortoq, Uchqo‘rg‘on  va Namangan tumanlarini ham jalb etish bo‘yicha ko‘rsatma berdi.

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech