Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech


Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Uychi tumanidagi “Atlant towels” MCHJ qo‘shma korxonasi faoliyati bilan tanishdi.

Engil sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan mazkur korxonada umumiy qiymati 15,7 mlrd. so‘mlik loyiha amalga oshirilmoqda.

1 million dolllarlik xorijiy kredit hamda tadbirkorning o‘z mablag‘lari hisobiga 2020 yil 4-choragida yakunlanadigan mazkur loyihaning samarali amalga oshirilishi, avvalo, tumanning sanoat salohiyati o‘sishi hamda ichki bozordagi talab darajasini qondirish va eksportni yuksaltirish imkoniyatini yaratadi.

Tumanda etishtirilayotgan paxta hosilining asosiy qismi korxonada qayta ishlanadi. Yiliga 400 tonna kalava ipni qayta ishlab, 400 tonna tayyor momiq sochiq ishlab chiqariladi. Ishlab chiqarilgan tayyor mahsulotning 85 foizi Rossiya Federatsiyasi va Xitoyga eksportga yo‘naltirilgan. Loyihaning to‘la ishga tushishi bilan 120 nafar yangi ish o‘rni yaratiladi.

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech