Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech
Chop etish

Viloyat hokimi  Xayrullo Bozorov Norin  tumanidagi «O‘zbekiston» kichik sanoat zonasida yaratilayotgan ishlab chiqarish nuqtalari bilan yaqindan tanishdi.

 

Bu yerda yosh tadbirkorkorlardan Abdug‘ofir Jalolov  100 mln. so‘m bank krediti asosida  «Abdug‘ofir» XK ni tashkil etib,   o‘ndan ortiq  yangi ish  o‘rni hozirladi.  Ayni paytda yengil sport kiyimlari – futbolkalar  ishlab chiqarilmoqda. 

 

    Tadbirkor Mahmudjon Ikromov tashabbusi bilan 110 mln. so‘m bank krediti,  340 mln. so‘m o‘z mablag‘i hisobidan bunyod etilgan tikuvchilik sexida bugunga kelib 40 ta  yangi ish o‘rni yaratilgan. Erkaklar uchun trikotaj mahsulotlari mahalliy va qo‘shni respublikalar bozorlariga jo‘natilishi ham e'tiborga molik.  

 

 

 

    2019 yilda faoliyati  yo‘lga qo‘yilgan  «Haqqulobod profnastil invest» MChJ  barpo etilishiga 50 mln. so‘m kredit, 200 mln. tadbirkor  mablag‘i jalb etilib,   Xitoydan zamonaviy uskunalar keltirib  o‘rnatildi. Ayni paytda  mahalliy bozor arzon va sifatli mahsulotlar bilan to‘ldirilmoqda. 

 

  – Har qanday islohot va o‘zgarishni barqaror iqtisodiyotsiz tasavvur qilib  bo‘lmaydi. Biz o‘tgan yillar davomida keng ko‘lamli ishlarni boshladik. Lekin milliy iqtisodiyotimizni mustahkamlash, viloyatimizda  bu borada salmoqli natijalarga erishishimiz  uchun oldimizda qator  muhim vazifalar turibdi.  Bugun innovasion taraqqiyot modellarini joriy etish, ilg‘or g‘oyalar, “nou-xau” va “aqlli” texnologiyalarni eksport qilish hisobidan tez sur'atlar bilan rivojlanayotgan mamlakatlar soni ortib bormoqda.

 

 Shunga hamohang  viloyatimizda  ham bu yo‘nalishda amalga oshirilayotgan chora - tadbirlarni  yangi bosqichga ko‘tarishimiz, joylardagi ijtimoiy muammolarni hal etishga oid tadbirkorlik tashabbuslarini, ayniqsa, yoshlar va ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlashga ustuvor ahamiyat berish zarur,  - dedi viloyat hokimi.

 

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech