Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech
Chop etish

Majburiy ijro byurosi Namangan viloyat boshqarmasi, shahar va tumanlar bo‘limlari tomonidan sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlari ijrosini ta'minlash, qarzdorlikni majburiy tartibda undirib berish borasida kunlik tadbirlar olib borilmoqda.

         Xususan, Byuroning To‘raqo‘rg‘on tuman bo‘limi ish yurituviga olingan moddiy zararni undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati yuzasidan amalga oshirilgan ijro harakatlari fikrimiz isbotidir.

         Gap shundaki, jinoyat ishlari bo‘yicha To‘raqo‘rg‘on tuman sudining joriy yil 10 mart kunidagi xukmiga ko‘ra sudlanuvchi Akram Qosimovdan jabrlanuvchi Xoshimova Ibodatxon foydasiga 111 mln so‘m moddiy zarar undirib belgilangan. Mazkur ijro hujjati yuzasidan bo‘lim davlat ijrochisi tomonidan qaror qabul qilinib, taraflarga yuborilgan.

Davlat ijrochisi olib borilgan ijro harakatlardan so‘ng qarzdor A.Qosimovdan jabrlanuvchi I.Xoshimova foydasiga ijro hujjatida ko‘rsatilgan 111 mln so‘m moddiy zarar to‘liq undirib berildi.    

 Ijro hujjati ijrosi ta'minlandi.

MIB Namangan viloyat boshqarmasi

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech