Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech


Hukumatning tegishli farmoyishiga asosan «Saxovat va ko‘mak» fondi orqali ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga moddiy yordam tarqatish maqsadida Mingbuloq tumani hokimi boshchiligidagi sektor rahbarlari tumandagi 448 ta oila holidan xabar oldi va Qurbon hayiti bayrami bilan tabrikladi.

 

Inqirozga qarshi kurashish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan har bir xonadonga 1 mln so‘mdan jami 448 mln so‘m berildi.

 

Ma'lumot o‘rnida, tumanda jami 1603 ta kambag‘allik ro‘yxatida turuvchi oila mavjud. Shu kungacha ularning 763 tasi kambag‘allik ro‘yxatidan chiqarilgan.

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech