Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech


Viloyat hokimi Xayrullo Bozorovning Kosonsoy tumanidagi tanishuv jarayoni «Gulobod» mahallasida qad rostlagan Ixlos medical center tibbiy diagnostika markazida davom etdi.



Loyiha qiymati 6 mlrd. so‘mni tashkil etuvchi, 60 o‘ringa mo‘ljallangan 4 qavatli davolash maskani faoliyat boshlagach, 40 ga yaqin ish o‘rni vujudga keladi. Markazda terapiya, ginekologiya va urologiya bo‘limlari shifotalablar xizmatida bo‘ladi.

Viloyat rahbari muassasada xizmat ko‘rsatish sifati va samarasini oshirish, bemorlarga qulay va munosib shart-sharoitlar yaratish, atrofni obodonlashtirish, hududda saranjom-sarishtalik va   ko‘kalamzorlashtirish bo‘yicha mutasaddilarga tegishli tavsiyalar  berdi.

— Yuksak andozalar darajasidagi mana shunday zamonaviy tibbiy shifo maskanlarini bunyod etish, sohada xizmatlar ko‘lami va sifatiga qaratilgan chora-tadbirlar izchil davom etmoqda. Muassasadagi davr talablariga javob beruvchi tibbiy apparaturalar yordamida barvaqt hamda aniq tashxislash natijasida ijtimoiy ahamiyatga ega va yuqumli xastaliklarning yanada pasayishi borasida ham ijobiy ko‘rsatkichlarga erishish mumkin, — dedi Xayrullo Bozorov.

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech