Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech


Kunning ikkinchi yarmida Ishchi guruh a'zolari tomonidan 100 dan ziyod muammoli va nizoli masalalar o‘rganildi.

Birgina Namangan shahriga biriktirilgan ishchi guruh Quyi G‘irvon mahallasida bo‘lib, 30 nafar temir daftarga kiritilgan ehtiyojmand oilalar ahvolini o‘rgandi va ularga yordam ko‘rsatish yuzasidan aniq choralar belgiladi. Murojaatlardan birida 70 yoshli ayol yolg‘iz yashashi, yaqinda baxtsiz voqea sabab eplepsiya kasalligiga chalinganligi, biroq davolanishga imkoni yo‘qligini bildirgan.

 

Murojaat o‘z o‘rnida ish yurituvga qabul qilinib, fuqaroning huquq va manfaatlari yuzasidan harakatlar boshlanishi ma'lum qilindi.

Ayni vaqtda ushbu yo‘nalishdagi ishlar davom etmoqda, aslida ham ishchi guruh a'zolari bir kunda hech bo’lmaganda uch-to‘rt kam ta'minlangan xonadonga kirsa, ularning ahvolidan boxabar bo‘lsa, tushuntirish ishlarini olib borsa, oldimizga qo‘yilgan asosiy maqsadimizga erishgan bo‘lamiz.

 

Namangan viloyati adliya boshqarmasi

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech