Viloyat statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, Namangan viloyati doimiy aholisi soni 2021-yil 1-yanvar holatiga 2 mln. 867,4 ming kishini tashkil etib, 2020-yil boshidan 56,6  ming kishiga yoki 2,0 % ga o‘sdi. Jumladan, shahar aholisi soni 1 mln. 852,9 ming kishini (jami aholi sonidagi ulushi 64,6 %), qishloq aholisi soni 1 mln. 014,5 ming kishini (35,4 %) tashkil etdi.



Namangan viloyati hududlar bo‘yicha doimiy aholisi soni:

Namangan sh – 640,1 ming kishi
Mingbuloq – 128,4 ming kishi
Kosonsoy – 212,8 ming kishi
Namangan – 182,5 ming kishi
Norin – 166,0 ming kishi
Pop – 222,7 ming kishi
To‘raqo‘rg‘on – 230,1 ming kishi
Uychi – 216,8 ming kishi
Uchqo‘rg‘on – 174,6 ming kishi
Chortoq – 202,2 ming kishi
Chust – 269,3 ming kishi
Yangiqo‘rg‘on – 221,8 ming kishini tashkil etdi.