Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech
Chop etish

Viloyat hokimi X.Bozarov ichki ishlar organlari faoliyatida qonuniylikni yanada mustahkamlash, tizimda mavjud muammo va kamchiliklarni bartaraf qilish, istiqboldagi aniq vazifalarni belgilab olish, jamoat tartibini saqlash, aholi xavfsizligini ta’minlash, jinoyat va huquqbuzarlikni ilk bosqichda aniqlab, oqibatlarini bartaraf etish, profilaktik tadbirlar ta’sirchanligini kuchaytirish, «Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili»da ichki ishlar organlari bilan samarali hamkorlikni ta’minlash, bunda jamoatchilik rolini oshirish, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev tomonidan 2017 yil 9 fevralda o‘tkazilgan yig‘ilishda berilgan topshiriq va vazifalar ijrosining  viloyatda so‘zsiz bajarilishini ta’minlash maqsadida qaror qabul qildi.

Mazkur qarorga muvofiq, viloyatda har haftaning payshanba kunini «Jinoyatchilikning oldini olish va profilaktika kuni» deb e’lon qilindi.

«Jinoyatchilikning oldini olish va profilaktika kuni» davomida amalga oshirilgan ishlarni tahlil qilish va umumlashtirish bo‘yicha viloyat ishchi guruhi tarkibi, guruh a’zolarining vazifalari, «Jinoyatchilikning oldini olish va profilaktika kuni»ni joylarda o‘tkazish tartibi tasdiqlandi.

Viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig'i, viloyat prokurori, Namangan shahar va tumanlar hokimlari, prokurorlari va IIB boshliqlari bilan birgalikda hamda ishchi guruh va joylardagi tadbirlarni o‘tkazishga mas’ul vakillarning aniq vazifalari belgilab berildi.

Huquq-tartibot organlari, boshqarma, idora, tashkilot va muassasalarga har haftaning payshanba kuni faqat  jinoyatning oldini olish hamda profilaktika qilish bilan shug‘ullanish, hokim, prokuror va ichki ishlar boshliqlari va tizimlariga  o‘zaro hamkorlikda sodir etilgan jinoyatlar, ularning kelib chiqish sabablari, oldini olish bo‘yicha tadbirlar va profilaktikasi hamda aholi o‘rtasida tushuntirish ishlari olib borish lozimligi uqtirildi va boshqa aniq vazifalar belgilab berildi.

Axborot xizmati

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech