Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech


“Ko’chmas mulk savdo xizmati” MCHJning Namangan viloyat filiali barcha tadbirkorlik sub’yektlarini, shu jumladan, kichik biznes vakillari hamda xususiy tadbirkorlarni ochiq tanlov savdolariga taklif etamiz.

2016 yilning 7 oktyabr kuni O’zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini yoritish bo’yicha Respublika matbuot markazida Markaziy saylov komissiyasining majlisi bo’lib o’tdi. Videokonferentsaloqa shaklida o’tgan majlisda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o’tkazuvchi okrug saylov komissiyalari, saylovda qatnashayotgan siyosiy partiyalar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

2016 yil 3 oktyabr kuni Namangan shahridagi “Yoshlar markazi”  majlislar zalida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o’tkazuvchi 6-Namangan okrug saylov komissiyasi Matbuot Markazi tomonidan brifing tashkil etildi.

2016 yilning 3 oktyabr kuni O’zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini yoritish bo’yicha Respublika matbuot markazida O’zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining majlisi bo’lib o’tdi. Videokonferentsaloqa shaklida o’tkazilgan majlisda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o’tkazuvchi okrug saylov komissiyalarining a’zolari, saylovda ishtirok etuvchi siyosiy partiyalar va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Namangan viloyati madaniyat va sport ishlari boshqarmasi tasarrufidagi suv sportiga ixtisoslashtirilgan bolalar va o’smirlar sport maktabida 20 nafar malakali murabbiy mashg’ulot olib boradi.

2016 yil 26 sentyabr kuni Namangan shaxridagi “Yoshlar markazi” majlislar zalida 6-Namangan okrug saylov komissiyasiniig majlisi yakunlariga bag’ishlangan brifing bo’lib o’tdi.

Yaqindagina Braziliyada bo’lib o’tgan XI yozgi Olimpiya o’yinlarida ishtirok etgan Murodjon Ahmadaliev bronza medalini qo’lga kiritib nafaqat respublikamizni, balki, butun viloyatimiz ahlini g’oyat shod etgandi. Mamlakatimizning g’ururiga aylangan yana bir sportchimiz Nozimaxon Qayumova Braziliyada start olgan XV-Paralimpiya o’yinlarida butun dunyoni hayratda qoldirib oltin medalni egasiga aylandi va jahon rekordini o’rnatdi. Albatta, bu g’alaba barcha yurtdoshlarimizga cheksiz quvonch va faxr tuyg’ularini baxsh etdi.

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech