Hammamizga ma’lumki, 2020-yilning 24-noyabr kuni davlatimiz rahbari tomonidan imzolangan “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi Farmonida aliment bilan bog‘liq hujjatlar ijrosini ta’minlash borasida ustuvor vazifalar belgilab berilgan edi. Aynan farmonda aliment pullarini hisoblash va to‘lash tartib-taomillari ustidan qat’iy nazorat o‘rnatish muhim masala etib belgilangan. Bundan tashqari, aliment majburiyatlarini ijro etish va nazorat qilishning yagona axborot tizimi yaratilishi hamda aliment majburiyatlari bo‘yicha alohida bank hisob varag‘i ochilishi belgilab qo‘yilgan edi. Mazkur topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida Majburiy ijro byurosi Namangan viloyat boshqarmasi tomonidan tegishli chora-tadbirlar ko‘rib kelinmoqda.

Ma’lumki, amaldagi qonunchilik talablariga ko‘ra alimentlarni oldindan to‘lash bola voyaga yetguniga qadar har qanday davr uchun besh yildan kam bo‘lmagan muddatga amalga oshiriladi.  Yoki davlat ijrochisi ish yurituvida bo‘lgan ijro hujjati bo‘yicha qarzdor tomonidan undiruvchiga alimentlarni oldindan to‘lash hisobiga ko‘chmas yoki ko‘char mulk yoxud boshqa qimmatli ashyo taqdim etilishi mumkinligi ham  belgilangan.

2021-yilning 27-aprel kuni O‘zbekiston Milliy Axborot agentiligining rasmiy saytida “Kim haq: Auksionda g‘olib bo‘lgan tadbirkormi yohud binosi savdoga qo‘yilgan mulkdormi?” sarlavha ostida maqola joylashtirilgan. Tahliliy-tanqidiy maqolada Norin tumani, Haqqulobod shahri, Ulug‘bek massivida yashovchi fuqaro O‘rmonjon Xudoyberdiyev MIB xodimlarining e’tiborsizligi  oqibatida qariyb ikki yildan buyon tadbirkorlik faoliyatini boshlay olmayotgani, bunga sabab etib 2019-yil 14-iyun kuni o‘tkazilgan yagona elektron savdo maydonchasidan qonuniy sotib olgan “Haqqulobod qurilish savdo kompleksi” MChJga qarashli yer maydoniga kira olmayotgani ko‘rsatib o‘tilgan.

2021-yil g‘alla hosilini nest-nobud qilmay o‘z muddatlarida o‘rib olishni tashkillashtirish va texnika parkini yangilash maqsadida "O‘zagrolizing" AJ Namangan filiali tomonidan respublikada birinchi bo‘lib 15 dona Germaniya "SLAAS" kompaniyasining Dominator-130 rusumli yuqori unumli g‘alla o‘rish kombaynlari imtiyozli shartlar asosida yetkazib berilmoqda.

Majburiy ijro byurosi Pop tuman bo‘limi va jinoyat ishlari bo‘yicha Pop tuman bo‘limi sudi hamkorligida o‘tkazilgan tadbir jarayonida qarzdor ota 1 nafar farzandining voyaga yetgunga qadar hisoblangan aliment to‘lovini to‘liq to‘lab berdi.

Britaniyaning Cable.co.uk portali dunyodagi mobil internet narxlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni e’lon qildi. Unga ko‘ra O‘zbekiston 230 mamlakat orasida 21-o‘rinni egalladi. Bir yil davomida mamlakatimiz ko‘rsatkichlarini 33 pog‘onaga yaxshilab oldi. Unga ko‘ra, yurtimizda 1 Gb mobil internet narxi o‘rtacha  – $0,6. ekanligi qayd etildi.

Majburiy ijro byurosi tashkil etilgandan beri doimo jamoatchilik markazida bo‘lib kelgan. Sud va boshqa organlar hujjatlari ijrosini ta’minlab kelayotgan Byuro organlari tomonidan bugungi kunda 20 dan ortiq yo‘nalishlarda ijro harakatlari olib borilmoqda. Lekin ayrim hollarda hali hanuz ham davlat ijrochini faoliyatiga to‘sqinlik qilish, tuhmat yoki turli bo‘hton, uydirmalarni tarqatilayotgani uchrab turibdi. Aniq misolga o‘tsak: Namangan tumani, Kichik qurama mahallasida yashovchi fuqaro A.G. ana shunday kimsalardan biri.

 

Arxiv