Chop etish

Bugungi kunda davlat ijrochilari tomonidan ishga tiklash, ish haqlarini undirish bilan bog‘liq hujjatlari ijrosini ta’minlash borasida tegishli chora-tadbirlari ko‘rib kelinmoqda. Jumladan, sud   qarorlari   to‘lanmay   qolgan 4,6  mlrd.   so‘mlik   ish   haqlari   undirildi.

Jumladan, Byuroning shahar va tumanlar bo‘limlari ish yurituvida  9 oy davomida ish haqlarini undirish bilan bog‘liq 1267 ta ijro hujjatlari mavjud. O‘tgan davr mobaynida 898 ta ijro hujjatlari tamomlangan. Masalan, fuqarolik ishlari bo‘yicha Namangan tumanlararo sudining buyrug‘iga asosan 15 nafar xodimlarning  ish haqlarini undirib berish belgilangan. Mazkur ijro hujjati Byuroning Namangan  tuman bo‘limi ish yurituviga olingan. Davlat ijrochisi tomonidan qaror qabul qilinib, taraflar ya’ni 15 nafar xodim va tuman maktabgacha ta’lim bo‘limiga yuborilgan. Olib borilgan ijro harakatlari davomida 16.549.000 so‘m to‘lanmagan oylik ish haqi undirib berildi.  
Qoldiqdagi 1,9 mlrd. so‘mlik ijro hujjatlari ijrosini ta’minlash chora-tadbirlari ko‘rilmoqda.  

Azimjon Boydedayev,
MIB Namangan viloyat boshqarmasi katta inspektori