Ijtimoiy tarmoqlarga   “Sardor qurilish invest servis”  MCHJ rahbari Sh.Rahmonov tomonidan  videomurojaat joylashtirilgan.Unda “Qishloq qurilish invest” injenering kompaniyasidan qarzdorlik undirib berilmayotganini bayon etgan.

Sizlarga maʼlumki, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020- yil 11- noyabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasida 2023- yilda aholini roʻyxatga olishga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 710-son qaroriga muvofiq, aholini sinov tariqasida roʻyxatga olish 2021- yil 1–25- noyabr kunlari Andijon viloyatining Xoʻjaobod tumani, Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumani, Xorazm viloyatining Xiva shahri hamda Toshkent shahrining Yashnobod tumanida amalga oshiriladi.

2021-yilning 3-noyabr kuni ijtimoiy tarmoqda “Kosonsoy tumani MIB sud qarorini ijro qilib bermayapti” sarlavha ostida murojaat chop etilgan. Murojaatda “Mikrokreditbank” Kosonsoy tuman filiali xodimi N.Gʻofurova 2021-yil 17-iyun kuni shtat qisqartirilgan deb asossiz ravishda ishdan boʻshatib yuborilgani, biroq, sudning qarori bilan ishga tiklash qarori ijro etilmagani bayon etilgan.

Bugun qay bir hududga bormang bir-biridan zamonaviy turar-joylar, ijtimoiy muassasalar, aholi dam olish uchun qulayliklar yaratilgan bogʻ va xiyobonlar qad rostlagan. Ayniqsa, mana shularga hamohang ravishda turli manzarali va mevali daraxtlar, gul koʻchatlari ekilgani kishi havasini uygʻotmoqda. Aynan mana shu hududlar obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish ishlariga Majburiy ijro byurosi organlari ham oʻz hissasini qoʻshishayotgani eʼtiborga loyiq. Shu kunlarda Byuroning Namangan viloyat boshqarmasi, shahar va tumanlar boʻlimlari yaxshi bir tashabbusni ilgari surishdi. Yaʼni, xiyobon va bogʻlarga, taʼlim muassasalari hovlilariga manzarali daraxtlarni oʻtqazishmoqda. Xususan Byuroning Toʻraqoʻrgʻon tuman boʻlimi tomonidan markazda joylashgan xiyobonga turli manzarali, dekorativ daraxt koʻchatlarini oʻtqazishdi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Namangan viloyati filiali tashabbusi bilan haftaning har shanba kuni “Kelajak liderlari” klubi aʼzolari uchun “Davlat xizmatchisi va liderlar” loyihasi doirasida viloyatdagi davlat boshqaruvida muvaffaqiyatli faoliyat yuritayotgan davlat xizmatchilari ishtirokida rahbarlik saboqlari darslari tashkil etib kelinmoqda.

Majburiy ijro byurosi Mingbuloq tuman boʻlimi tomonidan olib borilgan ijro harakatlari davomida qarzdor korxonadan 16 nafar fuqaroning 148,7 mln. soʻmlik ish haqlari undirib berildi.

Qishloq xoʻjaligida, xususan, gʻalla, paxtachilikda oʻziga xos tajriba maktabi yaratgan poplik paxtakorlar 10 oylik tinimsiz mehnatlari samarasi oʻlaroq, davlat qabul punktlariga 33 ming 190 tonnadan ortiq paxta xom-ashyosi yetkazib berdi va belgilangan shartnomaviy rejani bajardilar.