Yaqindagina Braziliyada bo’lib o’tgan XI yozgi Olimpiya o’yinlarida ishtirok etgan Murodjon Ahmadaliev bronza medalini qo’lga kiritib nafaqat respublikamizni, balki, butun viloyatimiz ahlini g’oyat shod etgandi. Mamlakatimizning g’ururiga aylangan yana bir sportchimiz Nozimaxon Qayumova Braziliyada start olgan XV-Paralimpiya o’yinlarida butun dunyoni hayratda qoldirib oltin medalni egasiga aylandi va jahon rekordini o’rnatdi. Albatta, bu g’alaba barcha yurtdoshlarimizga cheksiz quvonch va faxr tuyg’ularini baxsh etdi.

Viloyat hokimligining katta majlislar zalida xalq deputatlari viloyat Kengashining o‘n ikkinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

Namangan shahridagi “Pahlavon” sport majmuasida “ICTWEEK Uzbekistan – 2016” axborot-kommunikatsiya texnologiyalari haftaligi doirasida an’anaviy “ICTExpo – 2016” axborot-kommunikatsiya texnologiyalari milliy ko’rgazmasi bo’lib o’tdi. Bir vaqtning o’zida Toshkent shahri va Namangan viloyatida bo’lib o’tgan ko’rgazmada Namangan, Farg’ona va Andijon viloyatlaridan 25 dan ziyod axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasi korxonalari, shuningdek, oliy ta’lim muassasalari va  mahalliy dasturchilar ishtirok etishdi.

Muqaddas islom dinimizning beshinchi arkoni bo’lmish haj amallarini bajargan yurtdoshlarimiz Namanganga qaytdilar. Namangan xalqaro aeroportida ziyoratchilarimizni viloyat hokimligi, tegishli idoralar hamda jamoatchilik vakillari kutib olishdi. Hojilarimiz ona diyorlariga sog’-salomat kelganliklaridan  qalbda quvonch, ko’zda yosh bilan xursandchiliklarini izhor etishdi. Hukumatimiz tomonidan yaratib berilgan sharoitdan mumnun ekanliklarini bildirishdi.

Namangan viloyatining Pop tumanidagi “To’xtanazarov Baxtiyor” xususiy korxonasi va Chust tumanidagi “Olmos Farm Text” mas’uliyati cheklangan jamiyatida sovutish jihozlariga texnik xizmat ko’rsatish va ularni ta’mirlash korxonalari hamda xladagentlarni retsirkulyatsiya qilish va qayta ishlatish markazlari faoliyati bilan yaqindan tanishish maqsadida mediatur tashkil etildi.

“Ko’chmas mulk savdo xizmati” MCHJning Namangan viloyat filiali barcha tadbirkorlik sub’yektlarini, shu jumladan, kichik biznes vakillari hamda xususiy tadbirkorlarni ochiq tanlov savdolariga taklif etamiz.

Namangan shahridagi “Namangan momiq sochiqlari” mas’uliyati cheklangan jamiyatida turli o’lchamdagi momiq sochiqlar, kattalar va bolalar uchun xalat va choyshablar ishlab chiqariladi.