Namangan viloyati o‘zining betakror tabiati va boy tarixiy makonlari bilan respublikada o‘z o‘rniga ega maskan. Ayniqsa, qadimiy va navqiron Axsikent Afrosiyob bilan bellasha oladigan arxeologik yodgorlikdir.

Majburiy ijro byurosi Namangan viloyat boshqarmasida “Korrupsiyaga qarshi kurashish – barchamizning burchimiz!” shiori ostida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unga boshqarma, tumanlararo, Namangan shahar va barcha tumanlar bo‘limlarida faoliyat olib borayotgan xodimlar hamda ularning ota-onalari, diniy idora hamda ommaviy axborot vositalari vakillari taklif etildilar.

Mehmon tashrifini universitet tashkiliy tuzilmasi, fakultetlar va ta’lim yo‘nalishlari haqida ma’lumot bilan tanishib, Biotexnologiya fakultetida dars jarayoni bilan tanishib talabalar bilan muloqot qildi.

Namangan viloyati hokimligida viloyat hokimi Shavkatjon Abdurazakov AQShning O‘zbekistondagi elchisi Daniel Rosenblumni qabul qildi.

Majburiy ijro byurosi Davlatobod tuman bo‘limi tomonidan voyaga yetmaganlarning huquq manfaatlarini himoya qilish, aliment mablag‘larini undirib berish va oilalarni yarashtirish borasida kunlik targ‘ibot tadbirlarini amalga oshirishmoqda. Kuni kecha davlat ijrochisi tomonidan olib borilgan tushuntirishlardan so‘ng qarzdor otadan 11,2 mln. so‘m aliment qarzdorligi undirildi va oila yarashtirildi.

Bugungi kunda Majburiy ijro byurosi Namangan viloyat boshqarmasi, shahar va tumanlar bo‘limlari xodimlari odatda har kuni ishga shaxsiy yoki jamoat transportida kelishadi. Bundan tashqari, xizmat faoliyati davomida ijro harakatlarini amalga oshirish uchun ham transport vositasida borishadi. Bugun, ya’ni 22-sentabr kuni aksariyat xodimlar ishga piyoda yoki velosipedda kelishdi. Bundan ko‘zlangan maqsad albatta yurtimizda o‘tkazilayotgan “Avtomobilsiz kun” tadbirida faol ishtirok etishdir.

Byuroning Davlatobod tuman bo‘limi tomonidan aliment mablag‘larni undirish bilan bog‘liq ijro hujjatlari ijrosini ta’minlash borasida tegishli choralar ko‘rilmoqda. Kuni kecha olib borilgan tushuntirishlar mobaynida qarzdor ota o‘z farzandi uchun 16 mln. so‘m to‘lab berdi.