Yoshlarni zamonaviy bilim va tajribalar, milliy va umumbashariy qadriyatlar asosida tarbiyalash, ular oʻrtasida ilm-fan, sanʼat, madaniyat, axborot texnologiyalari, badiiy ijod, arxitektura va dizayn, tadbirkorlik va hunarmandchilik kabi sohalarni yanada ommalashtirish, isteʼdodli, tashabbuskor, oʻz kasbining ustasi boʻlgan iqtidorli yoshlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlashdek ezgu maqsadlarni mujassam etgan tanlovning viloyat bosqichi boʻlib oʻtdi.

Viloyat hokimi Shavkatjon Abdurazzaqov hamda tuman sektor rahbarlari Dehqonobod mahallasida qad rostlayotgan ko‘p qavatli uy-joylar qurilish jarayonini ko‘zdan kechirdi.

Ota 3 nafar farzandi uchun alimentni bir yo‘la to‘lab berdi

Byuro organlari tomonidan olib borilayotgan targ‘ibot samara berib, mas’uliyatni his etgan otalar farzandlar moddiy ta’minotini o‘z vaqtida amalga oshirishmoqda. Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 6-oktabrdagi 808-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Alimentlarni oldindan to‘lash, shuningdek aliment to‘lash majburiyatini ta’minlash bo‘yicha garov shartnomasini tuzish tartibi to‘g‘risida” nizomga asosan voyaga yetgunga qadar mablag‘larni to‘lab berishmoqda.

Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi Davlatning suvereniteti, milliy davlatchiligi rivoji, inson va fuqarolarning huquqlari va burchlari, ularning jamiyatdagi oʻrni va turmush tarzini belgilab beruvchi asosiy qonunidir.

Joriy yilning 22-24-noyabr kunlari “IT-Park” Direksiyasining Navoiy va Samarqand filiallari rahbarlari Namangan viloyatiga tashrif buyurib, viloyatda IT-sohasida amalga oshirilayotgan ishlar, mavjud infratuzilma bilan yaqindan tanishdilar.

- Muammolarning oʻz vaqtida hal etilishi qatʼiy nazoratda, ijrochilardan soʻrov qatʼiy boʻladi. Qonuniy murojaatlaringizning hal etilmagani qolmaydi.

Yangiqoʻrgʻon tumanida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 5-avgustdagi “Mahallalarda tadbirkorlikni yanada qoʻllab-quvvatlash va tadbirkorlik sub’ektlari bilan aholi oʻrtasida kooperatsiyani rivojlantirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5214-sonli qarori ijrosiga alohida eʼtibor qaratilmoqda.